Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi

  • 24.10.2023
  • 1063 marta o'qildi

Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (550-son, 20.10.2023 y.) qabul qilindi 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risidagi nizom;
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;
  • Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti;
  • O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti.

Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig‘imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.

Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv maʼlumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig‘imi undirilmaydi;

FHDYO organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

  • tug‘ilganlik haqida;
  • nikoh tuzish haqida;
  • nikohdan ajralish haqida;
  • o‘lim haqida.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDYO organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsni o‘zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

Chat