Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi

  • 16.11.2023
  • 895 marta o'qildi

Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 15.11.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024–2026 yillarda:

Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan:

  • kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig‘i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi;

  • kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi;

  • 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;

  • 150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:

  • kichik va o‘rta tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so‘mdan 14 trillion so‘mga yetkaziladi;

  • 150 ta o‘rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;

  • o‘rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;

  • 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.

2023 yil 15 dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo‘nalishlari kesimida 2024 yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.

2024 yil 1 iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.

2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.

Chat