Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Аdliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni oʼtkaziladi

  • 04.01.2024
  • 202 marta o'qildi

2024 yil 5 yanvar kuni Аdliya vazirligi binosida, 6 yanvar kuni Samarqand hamda Namangan shaharlari, shuningdek, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni boʼlib oʼtadi.

Аdliya vazirligi binosida tashkil etiladigan tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi. Unda siz adliya organlari va muassasalarga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʼlasiz.

Shuningdek, tashrif buyuruvchi mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Barchangizni Аdliya vazirligi va tizim faoliyati bilan yana bir bor yaqinroq tanishuvga – Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

Manzil: Sayilgoh koʼchasi 5, Аdliya vazirligi binosi.

Quyidagi havola orqali roʼyxatdan oʼting! 
https://bit.ly/adliyaochiq

Chat