Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Madad” - muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti qoʼyidagi tuman (shahar) huquqiy maslaxat byurolarining Bosh mutaxassisi vakant lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

  • 08.02.2024
  • 408 marta o'qildi

Nomzodlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar:

  • oliy yuridik maʼlumotga ega bo‘lgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni halqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan naʼmunadagi diplomni olgan bo‘lishi;

  • ixtisosligi bo‘yicha ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi;

  • axborot-kommunikatsiya va murojaatlar bilan ishlash sohasida yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish.

Asosiy vazifalar:

  • yuklatilgan vazifalarni bajara olishi, fuqarolarning huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlari yuzasidan malakali yuridik maslahatlar va tushuntirishlar berish bilan birga ularga tegishli huquqiy hujjat loyihalarini tuzib berish tajribasiga ega bo‘lishi;

Huquqiy maslahat byurolarida besh kunlik ish haftasi o‘rnatilgan bo‘lib, 5 million so‘m oylik maosh belgilangan.

Byurolardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatni yuklab oling!!!

Aloqa uchun telefon raqamlari:  71 256-52-53, @Poziljonov_13 telegram manziliga o‘z maʼlumotnomangizni yuborishingiz mumkin. (Yuborilayotgan maʼlumotnomada nomzodning doimiy yashash manzili, qaysi hududdagi byuroga hujjat topshirayotgani  va telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak)

Chat