Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Darslarda foydalanish uchun har yili 50 tagacha o‘quv-uslubiy film ishlab chiqariladi

  • 17.01.2024
  • 912 marta o'qildi

Hukumat qarori (24-son, 13.01.2024 y.) bilan Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, taʼlim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Har yili 30 yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari ro‘yxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi.

Shunga ko‘ra, Agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.

Bunda filmlarning mavzulari o‘quvchi va talabalar o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi.

Filmlarni joylashtirish uchun 2024 yil 1 aprelgacha o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi. 

Chat