Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Chorvachilik xo‘jaliklariga subsidiya ajratiladi

  • 30.01.2024
  • 816 marta o'qildi

Hukumat qarori (52-son, 26.01.2024 y.) bilan “Chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, chorvachilik xo‘jaliklariga 2025 yil 31 dekabrgacha davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorda subsidiya ajratiladi.

Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan so‘ng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilanadi:

  • xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

  • xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkini sotib olish bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va to‘lov topshiriqnomasi nusxasi;

  • bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

  • xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarning elektron identifikatsiya bazaga kiritilganligi.

Subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lovlar undirilmaydi.

Subsidiya mablag‘i subsidiya oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Chat