Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan NTTga bir martalik subsidiya ajratiladi

  • 05.02.2024
  • 782 marta o'qildi

Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 01.02.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan quyidagilar joriy etiladi:

  • nodavlat taʼlim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur;

  • xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha qismini qoplab berish tartibi;

  • ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi.

Shunga ko‘ra, subsidiya olish hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul ko‘rsatiladi.

Chat