Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

#Kunning muhim yangiliklari: Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi

  • 02.05.2024
  • 843 marta o'qildi

Farmon bilan (PF-69-son, 30.04.2024 y.) ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi

Unga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan quyidagilar belgilandi:

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘m;

  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 648 000 so‘m;

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘m;

  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000  so‘m;

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 648 000 so‘m.

Chat