Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytirildi

  • 30.05.2024
  • 715 marta o'qildi

Qonun (O‘RQ-927-son, 29.05.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritildi 

Unga ko‘ra:

Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish:

  • realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Ilgari realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa:

  • realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. 

Ilgari bu qoida mavjud emas edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Chat