Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun aksiz solig‘i bosqichma-bosqich birxillashtiriladi

  • 04.06.2024
  • 822 marta o'qildi

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi preferensiya hamda mahalliy ishlab chiqarilgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi bekor qilinadi.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda sog‘lom raqobat muhitini taʼminlash maqsadida 2025 yil 1 yanvardan:

  • byudjet buyurtmachilari tomonidan, shu jumladan, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tuziladigan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar tegishli tartibda g‘aznachilik xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan (hisobga olingandan) so‘ng amalga oshiriladi;

  • davlat buyurtmachilari bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga davlat xaridlarini amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etilishi, shuningdek, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi;

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud bo‘lmaganda yoki loyiha hujjatlarini tayyorlash qurilish-montaj ishlari bilan parallel ravishda olib borilganda, konsolidatsiyalashgan byudjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar, shuningdek, davlat banklari va davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish taqiqlanadi.

Chat