Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi

  • 28.06.2024
  • 941 marta o'qildi

Parrandachilik sohasini yana-da qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-238-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi 

Qarorga ko‘ra, kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasi amalga oshiriladi.

2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

2024 yil 1 iyuldan parranda go‘shtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

2024 yil 1 oktyabrdan yangi so‘yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go‘sht, qanot, bel, bo‘yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O‘zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo‘yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.

Chat