Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Madad” NNT tomonidan "NNTlar va davlat organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash maqsadida namunaviy loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish" yuzasidan tanlov natijalari eʼlon qi

  • 27.08.2024
  • 710 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida “Madad” NNT tomonidan "NNTlar va davlat organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash maqsadida namunaviy loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish" yuzasidan tanlov eʼlon qilingan edi. 

Tanlov qo‘yidagi 4 ta yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:

  • I.   Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish;

  • II.  Demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish;

  • III. Aholining sog‘lig‘ini saqlash;

  • IV. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya. 

Tanlovda jami 27 ta nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining loyihalari bilan ishtirok etdi. 

Tanlov natijalariga ko‘ra: 

“Demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish” yo‘nalishi bo‘yicha “Demokratiya va inson huquqlari instituti” va O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati nodavlat notijorat tashkilotlari g‘olib deb topildi.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish” yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti g‘olib deb topildi.

“Aholining sog‘lig‘ini saqlash” yo‘nalishi bo‘yicha OIV/OITS kasalliklari bilan yashovchi shaxslar va ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Ishonch va hayot” nodavlat notijorat tashkiloti g‘olib deb topildi.

“Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahar “EKOMAKTAB” ekologiya-resurs markazi nodavlat notijorat tashkiloti g‘olib deb topildi.

Chat