Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi

  • 05.09.2024
  • 767 marta o'qildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-953-son, 04.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov komissiyasining yoki referendum o‘tkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Chat