Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

  • 15.02.2021
  • 3183 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O‘RQ–673-son, 12.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

  • Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

  • Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo‘llanilishi mumkin.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlagan shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.

(Ilgari maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng takror sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan.)

Chat