Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotni tahrirlash tartibi belgilandi

  • 02.02.2026
  • 23 marta o'qildi

Hukumat qarori (38-son, 30.01.2026 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotni tahrirlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.


✅ Reglamentga ko‘ra, davlat xizmati quyidagilar bo‘yicha ko‘rsatiladi:

♦ fuqaroning yashash joyi manzili to‘g‘risidagi noto‘g‘ri maʼlumotni tahrirlash bo‘yicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varag‘i berish;

♦ mulkdorning ko‘chmas mulkida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxs (shaxslar) to‘g‘risidagi noto‘g‘ri maʼlumotni tahrirlash bo‘yicha murojaati asosida tizimda manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlar haqida tahrirlangan maʼlumotnoma berish.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy bo‘linmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi. 

Ariza beruvchi so‘rovnoma berish uchun vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Vakolatli organga kelib tushgan so‘rovnoma 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan maʼlumotlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, tahrirlangan maʼlumot tizim orqali QR-kod qo‘ygan holda tasdiqlanadi hamda shu kunning o‘zida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.

Chat