“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etib, ular orqali maktab o‘quvchilari zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.
Stipendiya miqdori 412 ming so‘mdan 1,2 million so‘mgacha bo‘ladi va Davlat byudjetidan beriladi.
Bunda har bir o‘quvchiga fanlarni o‘zlashtirishidan qatʼi nazar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
– fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 85 foizdan yuqori hamda kasblar bo‘yicha respublika va xorijiy tanlovlar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi.
Shuningdek, hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etiladi.