Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meʼyor barcha hududlarda 15 martga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy meʼyor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.
15 martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgardi.
Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan edi.
Xususan, noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.
Shu sababli, bugun, 1martdan 31 oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” amal qiladi.