Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Endi kameralar “pravasiz” mashina boshqarganlarni onlayn aniqlaydi

  • 10.03.2026
  • 18 marta o'qildi

Yangi ishga tushirilgan kameralar haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar mashina boshqarsa, uni aniqlab, onlayn ravishda chora ko‘rishni boshlaydi.


Haydovchilik huquqisiz yoki ushbu huquqdan mahrum etilgan shaxslarning qonunbuzarliklari jamiyat uchun katta ko‘ngilsizliklar keltirib chiqarishining oldini olishda endi raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalaniladi, deya xabar bermoqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati. 

Qayd etilishicha, hozirda mamlakat avtomobil yo‘llarida shaxsning yuzini aniqlash funksiyasiga ega kameralar hamda foto va video qayd etish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning 23 fevralidan 3 mart kunigacha test rejimida ishlagan ushbu qurilmalar orqali bir qancha haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolarning mashina boshqargani, boshqaruv vaqtida telefondan foydalanganliklari aniqlangan.

Endilikda ushbu qurilmalar qoidabuzarliklarga nisbatan onlayn ravishda chora ko‘rishni boshlaydi.

Boshqaruv huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositasini boshqarishi MJtKning 135-moddasi 3-qismi bilan BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxs maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham avtomashina boshqarsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 261²-moddasi bilan BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Chat