Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Mintaqaviy rivojlanish sohasida hamkorlik kuchaytiriladi

  • 16.03.2026
  • 22 marta o'qildi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–95-son, 12.03.2026 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati bilan Turkiya Hukumati o‘rtasida mintaqaviy rivojlanish sohasida hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim 2024 yil 6 iyun kuni Anqara shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Chat