Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Bojxona nazorati jarayonlarini rasmiylashtirish uchun yangi hujjatlar shakllari tasdiqlandi

  • 17.03.2026
  • 20 marta o'qildi

Adliya vazirligi “Bojxona ishi sohasida qo‘llaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 2778-7, 13.03.2026 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.


Unga ko‘ra, tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, ularni omborga tushirish hamda bojxona nazorati va tovarlar harakatini hisobga olish jarayonlarini aniq va shaffof hujjatlashtirish maqsadida yangi bojxona hujjati shakllari joriy etildi.

✅ Jumladan quyidagilar tasdiqlandi:

▫️ tovar va transport vositalarini tekshirish natijalarini rasmiylashtirish uchun bojxona ko‘rigi dalolatnomasi;
▫️ jismoniy shaxslarning qo‘l yuki va bagajlarini tekshirish bo‘yicha alohida bojxona ko‘rigi dalolatnomasi;
▫️ deklarant tomonidan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oldin ko‘zdan kechirish yoki o‘lchash uchun elektron murojaatnoma;
▫️ yuklarni bojxona omboriga bojxona organi xodimining ishtirokida yoki uning ishtirokisiz tushirish bo‘yicha maxsus dalolatnomalar shakllari.

Mazkur hujjatlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, endilikda avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bojxona tashuvchilarining Davlat bojxona qo‘mitasiga bojxona tashuvchilari reyestriga kiritish uchun murojaat qilish talabi hamda bojxona tashuvchilari reyestriga kiritish uchun ariza shakli bekor qilindi.

Chat