Nizomga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar obyektlarining foydalanuvchilari bo‘lishi mumkin.
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosi, shuningdek oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar maxsus ruxsatnoma asosida haq evaziga yig‘iladi va tayyorlanadi.
✅ Fanlar akademiyasi mazkur xomashyo va o‘simliklarni maxsus foydalanish tartibida yig‘ish va tayyorlash zaxirasini aniqlaydi.
⛔️ Bunda yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan yerlarning umumiy maydoni 0,1 gektardan, o‘t qoplamasi 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
Fanlar akademiyasi har yili 15-aprelgacha tuman (shahar) kesimida tegishli zaxiralar to‘g‘risidagi xulosani Ekologiya qo‘mitasiga taqdim etadi.
Yovvoyi o‘simliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi har yili 10-maygacha Ekologiya qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.