Reglament yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ariza beruvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▫️ avval rasmiylashtirilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi;
▫️ yer uchastkasining ijarachisi nomidan harakat qilingani bo‘yicha ishonchnoma (agar ijarachining nomidan boshqa shaxs murojaat qilsa).
Ijaraga beruvchi tegishli vakolatli organlarning maʼlumotlarini olganidan so‘ng 10 ish kuni ichida:
▪️ yer uchastkasidan muntazam ravishda foydalanilmayotgani to‘g‘risida maʼlumot mavjudligini tekshiradi;
▪️ ariza kelishilgani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi maʼlumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni ariza beruvchiga yuboradi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Yer uchastkasining ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan imzolangandan so‘ng avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboriladi.