Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi

  • 26.06.2026
  • 8 marta o'qildi

“Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid  qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–116-son, 24.06.2026 y.) qabul qilindi.


✅ Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga:

➖ mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, masʼul idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududiy dasturlarni tayyorlash hamda ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi beriladi.

Mahallada yashovchi 1-marotaba ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan fuqarolarga ularning oilaviy sharoitidan kelib chiqib, fuqarolar yig‘ini kengashining kollegial qarori asosida shaxsga nisbatan yengillik berish to‘g‘risida qilingan murojaat sud-tergov organlari tomonidan qanoatlantirilgan hollarda:

♦ “mahalla yettiligi” kafillikka olingan shaxsni qayta tarbiyalash, zarur hollarda, kasbga o‘rgatish, bandligini taʼminlash, taʼlimga yo‘naltirishga masʼul bo‘ladi;

♦ kafillikka olingan shaxs 3 yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, “mahalla yettiligi”ning shaxsni tarbiyalashda faollik ko‘rsatgan aʼzosini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

✔️ Uyushmaning tuman (shahar) bo‘limi boshliqlariga “mahalla yettiligi” faoliyatiga aralashganlik, ularni xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etganlik uchun tuman (shahar) hokimlariga taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.

Chat