Mazkur idoraviy hujjat bilan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
♦ xizmatlar provayderlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, bo‘lib turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar tomonidan boshqarilishi mumkin emas;
♦ Xizmatlar provayderlari litsenziyalovchi organ bilan quyidagilarni kelishishlari lozim:
➖ o‘z ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilish;
➖ o‘zining rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbarini almashtirish;
♦ litsenziyalovchi organ arizani qabul qilgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida kelishish yoki kelishishni rad etish haqida qaror qabul qiladi;
♦ kelishish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun yig‘im undirilmaydi.