Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma (Platforma)ni joriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
♦ 2028 yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta maʼmuriy funksiyasini raqamlashtirish;
♦ davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish va boshqalar.
✅ Platforma quyidagilarni taʼminlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:
• davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini taʼminlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llash;
• qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish va boshqalar.
2027 yil 1 yanvardan:
➖ davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi;
➖ Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida maʼlumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi.