Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari sanalari eʼlon qilindi

  • 13.07.2026
  • 21 marta o'qildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga kiruvchi abituriyentlar uchun test sinovlari 9 kun davomida ikki smenada o‘tkaziladi.


O‘zbekistonda 2026-2027 o‘quv yili uchun davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi.

Imtihonlar 14 iyuldan 23 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari har kuni ikki smenada o‘tkaziladi: birinchisi soat 08:00 da, ikkinchisi soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlar test boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin imtihon o‘tkaziladigan joyga yetib kelishlari shart. Ishtirokchilar o‘z ruxsatnomasini my.uzbmb.uz sayti orqali olishlari mumkin, shundan so‘ng uni yuklab olish va chop etish lozim.

Test sinovlari faqat abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan joyda, kunda va smenada o‘tkaziladi. Imtihon sanasi, joyi yoki vaqtini o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Imtihonga pasport yoki ID-karta va chop etilgan ruxsatnoma bilan kelish kerak. Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar bilan kelgan yoki kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Chat