Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Adliya vazirligi tashabbusi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning raqamli shaklidan foydalanish amaliyoti kengaytirilmoqda

  • 16.07.2026
  • 33 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi PF-161-son Farmoni bilan Adliya vazirligiga idoraviy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularni qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolati berilgan.


Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tashabbusi bilan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida idoraviy hujjatlarga fuqarolarning kundalik hayotida aniqlanadigan muammolarni bartaraf etish va ularga yengillik yaratish bo‘yicha takliflar kiritib borilmoqda.

Xususan, quyidagi idoraviy hujjatlarga fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni my.gov.uz va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida orqali elektron shaklda taqdim etish imkoniyatini nazarda tutuvchi normalar kiritildi:

► Ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni o‘quv kurslarida o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3887, 2026 yil 3 iyul);

 Xizmat quroli va uning o‘q dorilarini saqlash hamda ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning qo‘riqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3896, 2026 yil 10 iyul);

 “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3897, 2026 yil 13 iyul);

► Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) va sug‘urta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari (ro‘yxat raqami 3898, 2026 yil 13 iyul).

Endilikda fuqarolar ovchilik guvohnomasini olish, xizmat quroli bilan ishlash huquqiga ega xodimlarni o‘qitish va “Rektorlar maktabi” dasturi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish hamda sug‘urta xizmatlaridan foydalanishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan bir qatorda uning my.gov.uz yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron shaklidan ham foydalanishlari mumkin.

Chat