1 sentyabrga qadar Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Markaziy bank hamda boshqa idoralar bilan birgalikda kredit mahsulotlari reklamasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi.
Hujjatga ko‘ra, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va kreditga sotish reklamalarida quyidagi maʼlumotlar majburiy tarzda ko‘rsatilishi lozim:
— tovar (ish yoki xizmat)ning joriy narxiga nisbatan isteʼmolchi qo‘shimcha qancha mablag‘ to‘lashi;
— tovar (ish yoki xizmat)ning yakuniy qiymati.
Bundan tashqari, moliyaviy xizmatlar reklamasida shartnoma tuzish vaqtida aniq belgilab bo‘lmaydigan kelgusi daromadlar bo‘yicha kafolat yoki vaʼdalarni keltirish taqiqlanadi.
Shuningdek, mikrozaym shartnomalarining birinchi sahifasining kamida 30 foizini egallaydigan matnli ogohlantirishni joylashtirish, shuningdek, reklama materiallarida ham ehtimoliy salbiy oqibatlar haqida ogohlantirishlarni majburiy tarzda kiritish vazifasi belgilandi.