"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq islomiy bank faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Mazkur idoraviy hujjat bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan islomiy bank tashkil etish hamda anʼanaviy banklar tomonidan "islomiy darchalar" ochish bo‘yicha huquqiy asoslar yaratildi.
Bunda, islomiy banklar ("islomiy darchalar")ni tashkil etish etishda quyidagilar majburiy hisoblanadi:
♦ Islomiy moliya kengashi aʼzolarining Markaziy bank bilan kelishilganligi;
♦ Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq bo‘lgan islomiy bank faoliyatiga masʼul bo‘lgan rahbar xodimning mavjud bo‘lishi;
♦ islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosatining mavjudligi va boshqalar.
Bankning islomiy moliya kengashida:
1️⃣ kamida 3 ta aʼzo, shu jumladan rais va uning o‘rinbosari islomshunoslik mutaxassisliklari yoxud ushbu fanlar o‘qitilgan mutaxassislik bo‘yicha oliy maʼlumotga;
qolgan aʼzolar moliya-iqtisod, yuridik yoki islomshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi lozim;
2️⃣ islomshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan aʼzolar (islom huquqi bo‘yicha mutaxassis aʼzo) islom huquqini qo‘llash sohasida 5 yillik ish tajribasiga;
moliya-iqtisod yoki yuridik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lgan aʼzolar (texnik ekspert aʼzo) bank yoki moliya tizimida yoxud huquq sohasida 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak;
3️⃣ kamida 1 ta aʼzo (2027 yil 1 iyuldan barcha aʼzolar) AAOIFI tashkiloti tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi zarur;
4️⃣ barcha islom huquqi bo‘yicha mutaxassis aʼzolar arab tilini bilishi, shu jumladan arab tilidagi islom huquqi masalalariga oid birlamchi manbalarni tushunishi va izohlay olishi lozim.
Islomiy bank faoliyatiga masʼul bo‘lgan rahbar xodim bank yoki moliya tizimida 7 yillik ish tajribasiga, moliya-iqtisod yoki islomiy moliyasi yo‘nalishida oliy maʼlumotga hamda AAOIFI tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi lozim.
Bunda tashqari, Markaziy bank bilan kelishib olingan bankning rahbar xodimlari o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishganligi to‘g‘risida 5 ish kuni ichida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor etish talabi bekor qilinmoqda.