Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) huzurida “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (Milliy operator) tashkil etiladi.
✅ Milliy operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
► jamoat tartibini taʼminlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmatlaridan bepul foydalanish;
► Milliy operator tomonidan o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar doirasida O‘zbekistonga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklarni 2030 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod etish.
Shuningdek, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini kelgusi yildan boshlab har 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.
Milliy operator Festivalga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilandi.