Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Toshkentda “Kitob ko‘chalari” paydo bo‘ladi

  • 30.07.2026
  • 18 marta o'qildi

Yirik savdo markazlarida kitob do‘konlarini ochishning majburiy tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.


Toshkentda tajriba tariqasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish orqali iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirishga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda hukumat qarorida so‘z boradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2031-yildan boshlab Toshkent shahrida loyihalarni joylashtirish uchun har bir tumanda shahar hokimining qarori bilan maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari uchun yer uchastkalari ajratiladi. Shuningdek, Olmazor tumanidagi Yoshlar markazi binosida yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida Yoshlar kreativ parki tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Toshkent kitob savdosi uyushmasiga a’zo bo‘lgan kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga aholi gavjum joylarda, bozorlarda, yirik savdo markazlarida va asosiy ko‘chalarda kichik kitob do‘konlarini ochishga, shuningdek, poytaxtda barpo etilayotgan 24 soat ishlaydigan istirohat bog‘larida “Kitob kafelari”ni tashkil etish va “Kitob ko‘chalari”ni ishga tushirishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, rasmiylar maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo markazlarida kitob do‘konlarini ochishni majburiy tartibda joriy etmoqchi.

Chat