Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Banklarda yangi tartib: 500 dollargacha naqd

  • 10.08.2026
  • 28 marta o'qildi

Banklarda yangi tartib: 500 dollargacha naqd valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin


O‘zbekistonda banklar orqali naqd chet el valyutasini sotib olish tartibi yana-da soddalashtirildi. Endilikda fuqarolar 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi naqd chet el valyutasini pasport, ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etmasdan xarid qilishi mumkin.

Mazkur tartib Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan tegishli idoraviy hujjat asosida joriy etildi.

Ro‘yxat raqami 2886-12 bo‘lgan hujjat 2026 yil 8 mayda qabul qilingan bo‘lib, 9 avgustdan eʼtiboran kuchga kirdi.

Yangi tartibga ko‘ra, bankdan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olayotgan shaxsdan pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etish talab qilinmaydi.

Avvalgi tartibda esa hujjatsiz naqd chet el valyutasini sotib olish mumkin bo‘lgan eng yuqori miqdor 100 AQSH dollarini tashkil etar edi. Shu tariqa, hujjatsiz valyuta xarid qilish bo‘yicha belgilangan limit 5 baravarga oshirildi.

Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, bunday tashabbuslar aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ortiqcha maʼmuriy jarayonlarni qisqartirish hamda xizmatlardan foydalanishni soddalashtirishga qaratilgan.

Chat