Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi

  • 12.08.2026
  • 15 marta o'qildi

“Alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–292-son, 04.08.2026 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni taʼlim, ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish bo‘yicha “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy xodim tomonidan:

♦ ota-onaga bolani taʼlim va ijtimoiy xizmatlarga jalb etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatib boriladi;

♦ bolaning taʼlim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotganligi doimiy ravishda monitoring qilib boriladi, zaruratga ko‘ra boshqa ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish choralari ko‘riladi.

► 3–18 yoshdagi bolalarning alohida taʼlimga ehtiyojini aniqlash va davlat taʼlim muassasalariga yo‘naltirish “Inson” markazlarining Bolani kompleks baholash guruhi (baholash guruhi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:

♦ baholash guruhi tomonidan 3–18 yoshdagi bolaning taʼlimga ehtiyojini baholash psixologik-pedagogik diagnostik mezonlar asosida

 funksional imkoniyati, kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash esa nogironlikni baholash shkalasining mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida amalga oshiriladi;

♦ baholash guruhi faoliyati 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Navoiy va Xorazm viloyatlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Chat