Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Avtomobil yo‘llari sohasidagi munosabatlar tartibga solindi

  • 13.08.2026
  • 16 marta o'qildi

Avtomobil yo‘llari sohasidagi munosabatlar tartibga solindi

“Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1162-son, 05.08.2026 y.) qabul qilindi.

✅ Qonunning maqsadi O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, ulardan foydalanish va yo‘l faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

✅ Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi:

• umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
 shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari (ichki avtomobil yo‘llari);
 xo‘jalik avtomobil yo‘llari.

Avtomobil yo‘llari foydalanish rejimiga ko‘ra bepul yoki belgilangan tartibda pulli bo‘lishi mumkin.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki bo‘lib, ular Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ixtiyorida bo‘ladi va cheklanmagan doiradagi shaxslarning transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangandir.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi ajratilgan mintaqaning minimal o‘lchamlari quyidagilardan iborat:

➖ І toifa avtomobil yo‘llarida - 80 metr;
➖ II toifa avtomobil yo‘llarida - 60 metr;
➖ III va IV toifa avtomobil yo‘llarida - 40 metr;
➖ V toifa avtomobil yo‘llarida - 25 metr.

Yo‘l bo‘yi mintaqasi - bu ajratilgan mintaqaga ikkala tomonidan tutashgan, chegaralarida transportning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasidir.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organdir.

Pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish tartibi belgilandi

Qonunga ko‘ra, avtomobil yo‘llarini taʼmirlash va saqlash ishlari mazkur yo‘l egalari tomonidan, shu jumladan ixtisoslashtirilgan yo‘l tashkilotlarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi idoralar tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Pulli avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki o‘z vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

Mazkur qaror rejalashtirilayotgan pulli avtomobil yo‘li bilan bog‘liq hududlar o‘rtasida lozim darajadagi va foydalanish holatidagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab muqobil bepul harakatlanishni taʼminlash sharti bilan qabul qilinadi.

Foydalanuvchi transport vositasida pulli yo‘ldan harakatlanish uchun quyidagi usullardan biri orqali operator bilan ommaviy shartnoma tuzadi:

▪️ pulli avtomobil yo‘liga kirish;
▪️ harakatlanish uchun to‘lovni to‘lov punktida to‘lash;
▪️ yo‘l talonini sotib olish.

☑️ Pulli avtomobil yo‘lidan harakatlanish uchun to‘lov transport vositalarining yuqori tezlik rejimini va butun yo‘nalish bo‘ylab yuqori darajadagi servis xizmatini taʼminlash sharti bilan joriy etiladi.

Chat