Joriy yilda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan fuqarolar bir necha qo‘shimcha dam olish kunlariga ega bo‘ladilar. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, mamlakat aholisi ketma-ket to‘rt kun dam oladi:
- 29 avgust, shanba - dam olish kuni (besh kunlik ish haftasida);
- 30 avgust, yakshanba - dam olish kuni;
- 31 avgust, dushanba - qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr, seshanba — Mustaqillik kuni.
2 sentyabr - ish kuni.