Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Endi uylarni rassrochkaga olib bo'lmaydimi?

  • 19.08.2026
  • 67 marta o'qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda shunday talqinlar ko'paymoqda.

Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ-294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to'lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Operator kim? Muddatli to'lov xizmatini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar muddatli to'lov operatorlari hisoblanadi.

Qarorning 3-bandi d kichik bandiga ko'ra, ko'chmas mulk operator ko'rsatadigan muddatli to'lov xizmatining obyekti bo'la olmaydi. Ya'ni vositachi-operator sizga uyni rassrochkaga olib bera olmaydi.

Ammo bu quruvchi o'zi qurgan uyni xaridorga bevosita bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sota olmaydi, degani emas.

Chunki qarorning 3-bandi a kichik bandida sotuvchi tomonidan iste'molchiga to'g'ridan-to'g'ri sotish holatlari muddatli to'lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Demak, siz avvalgidek quruvchining o'zidan uy-joyni rassrochkaga olishingiz mumkin. Qaror quruvchi va xaridor o'rtasidagi bevosita savdoni taqiqlamaydi.

Endilikda operatorlar maxsus reyestrga kiritiladi, Markaziy bank nazoratida ishlaydi, ularning shartnomalari, ustama va komissiyalariga aniq talablar belgilanadi.

Chat