Vazirlar Mahkamasining 25 avgustdagi qarori bilan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni saqlash uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari tasdiqlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, oylik to‘lov miqdori bog‘chaning joylashuvi, bolaning muassasada qancha vaqt bo‘lishi va bir oiladan nechta bola bog‘chaga qatnashiga qarab belgilanadi.
Toshkentda bir nafar bola uchun to‘lov:
4–5 soat — 54 472 so‘m;
9 soat — 290 488 so‘m;
10,5 soat — 345 ?
12 soat — 391 952 so‘m;
24 soat — 413 292 so‘m.
Agar bir oiladan bir nechta bola bog‘chaga qatnasa, to‘lov miqdori:
4–5 soat — 36 300 so‘m;
9 soat — 207 196 so‘m;
10,5 soat — 246 708 so‘m;
12 soat — 277 684 so‘m;
24 soat — 294 756 so‘m.
Viloyat markazlarida bir nafar bola uchun to‘lov 50 292 so‘mdan 393 008 so‘mgacha, bir oiladan bir nechta bola qatnaganda esa 35 244 so‘mdan 280 852 so‘mgacha bo‘ladi.
Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda bir nafar bola uchun to‘lov 44 836–350 284 so‘m, bir nechta bola uchun 33 088–248 292 so‘m etib belgilangan.
Tuman markazlarida bir nafar bola uchun to‘lov 40 568–311 828 so‘m, bir nechta bola uchun esa 27 764–234 432 so‘mni tashkil etadi.
Boshqa aholi punktlarida bir nafar bola uchun to‘lov 36 300–290 488 so‘m, bir oiladan bir nechta bola qatnaganda 25 652–220 000 so‘m bo‘ladi.
Yangi to‘lovlar 1 sentyabrdan 440 ming so‘m miqdorida belgilanadigan bazaviy hisoblash miqdori asosida hisoblangan.
Eslatib o‘tamiz, davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi oxirgi marta 2025 yil 1 yanvardan oshirilgan.