Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda OTM bitiruvchilarining o‘rtacha daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi

  • 27.08.2026
  • 5 marta o'qildi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi bitiruvchilarning daromadlari bo‘yicha OTMlar reytingini taqdim etdi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentdagi VGIK filiali bitiruvchilarida qayd etilgan.


Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) natijalari asosida O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori daromad olayotgan oliy taʼlim tashkilotlari ro‘yxatini eʼlon qildi.

Tadqiqot doirasida 170 ta oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan 249 432 nafar bitiruvchining mehnat bozoridagi natijalari o‘rganilgan.

2025 yil iyul oyidan 2026 yil iyun oyigacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda OTM bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln so‘mni tashkil etgan.

Taʼlim yo‘nalishlari kesimida o‘rtacha daromad:

  • ijodiy va sport yo‘nalishlari — 6,33 mln so‘m;

  • amaliy fanlar — 5,5 mln so‘m;

  • ijtimoiy-gumanitar fanlar — 4,61 mln so‘m; 

  • tibbiyot fanlari — 4,43 mln so‘m.

Bitiruvchilari eng yuqori o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan taʼlim muassasalari:

  • Toshkentdagi S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) filiali — 23,4 mln so‘m;

  • Toshkentdagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m;

  • Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti — 12,5 mln so‘m;

  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 10,6 mln so‘m;

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10,3 mln so‘m;

  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9,4 mln so‘m;

  • Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti — 9,3 mln so‘m;

  • G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali — 9 mln so‘m;

  • Toshkent davlat yuridik universiteti — 8,4 mln so‘m;

  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 8,1 mln so‘m.

Qayd etilishicha, reytingda faqat rasmiy qayd etilgan daromadlar hisobga olingan. Indeksni hisoblashda bitiruvchining daromadi u yashaydigan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslangan.

Agentlik direktori Baxtiyor Yuldashevning taʼkidlashicha, Bitiruvchilar sifati indeksini joriy etishdan asosiy maqsad abituriyentlarga OTM tanlashda ishonchli va xolis mezon taqdim etishdan iborat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi abituriyentlar universitet tanlashda nafaqat taʼlim jarayoniga, balki uning bitiruvchilarining mehnat bozoridagi real natijalariga ham eʼtibor qaratishi mumkin.

Chat