Andijonga Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi tezyurar poyezd yetib keldi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ayni paytda poyezd sinov tariqasida qatnamoqda. U 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 160 km tezlikkacha harakatlana oladi.
Muntazam qatnov yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng poyezd Toshkent va Andijon o‘rtasidagi masofani taxminan uch soatda bosib o‘tishi kutilmoqda.
Hokimlik ta’kidlashicha, tezyurar poyezd qatnovining yo‘lga qo‘yilishi hududlar o‘rtasidagi harakatchanlikni oshirish va aholi uchun qulay safar sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.