Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Toshkentda avtomobillar oqimi 30 foizga oshdi, tirbandlik 6 ball darajasida saqlandi

  • 03.09.2026
  • 112 marta o'qildi

Yangi o‘quv yilining birinchi kuni poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga ko‘payganiga qaramay, umumiy tirbandlik darajasi 6 balldan oshmadi.


2-sentabr kuni Toshkent ko‘chalaridagi transport oqimi 24-avgustdagi odatiy ish kuniga nisbatan 30 foiz yuqori bo‘lgan. Yuklama oshishiga qaramay, ayrim ko‘chalarda tezlik pasaygan bo‘lsa-da, keskin tirbandliklar yuzaga kelishining oldi olingan.

Buning uchun transport oqimi doimiy monitoring qilingan, tirbandliklar tahlil etilgan va zaruratga qarab svetofor fazalari tezkor ravishda o‘zgartirilgan.

Shahar transport harakatini markazlashgan tarzda kuzatish va boshqarish maqsadida YHTEM huzurida Vaziyatlar markazi ishga tushirilgan. Unga poytaxtdagi muhim tartibga solinadigan chorrahalar ulangan bo‘lib, mutaxassislar yo‘ldagi vaziyat, svetoforlar ishlashi, avtomobillar navbati va jamoat transporti harakatini real vaqt rejimida kuzatib boradi.

Tirbandlik yuzaga kelganda yashil chiroq vaqti uzaytirilishi, svetofor fazalari qayta sozlanishi yoki qo‘shni chorrahalar bilan muvofiqlashtirilishi mumkin.

Agar tirbandlik YTH, buzilib qolgan avtomobil, yo‘lning yopilishi yoki ta’mirlash ishlari sababli yuzaga kelsa, tegishli xizmatlar jalb qilinib, harakatni tiklash choralari ko‘riladi.

Qayd etilishicha, 2-sentabr kuni avtomobillar oqimi 30 foizga oshganiga qaramay, tirbandlik 6 ball darajasida saqlangan.

Chat