Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda 10 ming dollargacha bo‘lgan naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda

  • 03.09.2026
  • 112 marta o'qildi

Bunday o‘zgarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kelgusi yil oxirigacha ishlab chiqilishi kerak.


O‘zbekistonda jismoniy shaxslar mamlakatdan deklaratsiyasiz olib chiqishi mumkin bo‘lgan naqd xorijiy valyuta miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda.

Bu chora Prezident farmoni bilan tasdiqlangan bojxona sohasini yanada isloh qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2027 yil dekabriga qadar Bojxona qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani 10 ming AQSH dollari ekvivalentigacha olib chiqish limitini belgilaydigan qonun loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.

Mablag‘ miqdori ushbu limitdan oshgan taqdirdagina uni deklaratsiya qilish talab etiladi.

Ayni paytda mamlakatdan olib chiqilishi mumkin bo‘lgan naqd xorijiy valyuta limiti 100 mln so‘mni (maqola e’lon qilingan vaqtda Markaziy bank kursi bo‘yicha 8460 dollar) tashkil etadi.

Chat