Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning parlamentdagi axborotiga ko‘ra, daromadlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 trillion so‘mga — 43,7 foizga ko‘paygan.
Tushumlarning 149 trillion so‘mi — 72 foizi Soliq qo‘mitasi, 41 trillion so‘mi — 20 foizi Bojxona qo‘mitasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Olti oylik budjet xarajatlari qariyb 206 trillion so‘mni tashkil etgan. Shundan ijtimoiy sohaga qariyb 106 trillion so‘m yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy soha ulushi jami budjet xarajatlarining 51,5 foizini tashkil etdi.
Ta’limga 49,5 trillion so‘m, sog‘liqni saqlashga qariyb 23 trillion so‘m ajratilgan. Bu mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan tegishlicha 5,4 trillion va 2,8 trillion so‘mga oshgan.