Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga ustama: yangi to‘lovlar kimlarga beriladi?

  • 17.09.2026
  • 158 marta o'qildi

2027-yil 1-yanvardan ayrim tibbiyot xodimlari va pedagoglarga har oylik ustamalar joriy etiladi. Qo‘shimcha to‘lov miqdori xodimning ta’lim darajasi va tugallagan mutaxassislik dasturiga qarab belgilanadi.


Yangi tartibga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan quyidagi ustamalar to‘lanadi:

  • 1 baravar — bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga;
  • 2 baravar — magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga;
  • 4 baravar — oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar hamda shu yo‘nalishda magistraturani tugatgan pedagoglarga.

Muhim: ustamalar barcha tibbiyot xodimlariga bir xil miqdorda berilmaydi. To‘lov uchun belgilangan ta’lim va mutaxassislik talablariga mos kelish zarur.

Tibbiy ta’limda ham o‘zgarishlar nazarda tutilgan. 2027/2028-o‘quv yilidan hamshiralik ishi negizida «tibbiy hamrohlik ishi», oliy hamshiralik ishi negizida esa «oliy tibbiy hamrohlik ishi» yo‘nalishlari joriy etiladi.

Ushbu yo‘nalishlar bitiruvchisi bo‘lgan ayollarga hamshira, erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi. Shu o‘quv yilidan o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik dasturlariga qabul bekor qilinadi.

Huquqiy asos: «Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni. Ustamalar bo‘yicha Adliya vazirligining rasmiy axboroti.

Chat