Yangi tartibga ko‘ra, safar va mamlakatda bo‘lish maqsadi haqqoniy hamda qonuniy bo‘lishi kerak. Migratsiya va viza organlari shaxsning ma’lumotlarini tekshirish uchun qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar va elektron ma’lumotlarni talab qilishi mumkin.
Xorijlik shaxs chet elda Xitoy vizasini rasmiylashtirishda yoki chegara punktida kirish uchun murojaat qilganda soxta hujjat taqdim etsa yoxud yolg‘on ma’lumot bersa, vakolatli organ 1 yildan 5 yilgacha kirish taqiqini belgilashi mumkin.
Fuqarolar uchun muhim: bu barcha xorijliklarga qo‘yilgan umumiy taqiq emas. Cheklov qoidalarda ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar uchun qo‘llanishi mumkin.
Ayrim chiqish cheklovlari esa Xitoy fuqarolariga taalluqli. Masalan, xorijda davlat xavfsizligi va manfaatlariga zarar yetkazuvchi huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroning qaytib kelganidan keyin mamlakatdan chiqishi 6 oydan 3 yilgacha cheklanishi mumkin.
Advice.uz tavsiyasi: ariza va safar hujjatlaridagi ma’lumotlarni topshirishdan oldin tekshiring. Vositachi tayyorlagan hujjatlarni ham o‘qib chiqing, safar maqsadini to‘g‘ri ko‘rsating.
Huquqiy asos: Xitoy Davlat kengashining 2026-yil 22-iyuldagi 841-son farmoyishi bilan tasdiqlangan kirish-chiqishni boshqarish qoidalarining 3–5 va 19-moddalari. Hujjat matni.