Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

UzAuto Motors’ni xususiylashtirish bo‘yicha tender e’lon qilinishi kutilmoqda

  • 17.09.2026
  • 101 marta o'qildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalaridagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tenderlarni yaqin vaqt ichida e’lon qilishini ma’lum qildi.


17-sentabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktor o‘rinbosari Alisher Miraliyev Cbonds’ning “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VIII xalqaro konferensiyasida UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tenderlar tez orada e’lon qilinishini bildirdi.

Amaldagi xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, UzAuto Motors’ning 99,7 foiz ulushini, UzAuto Motors Powertrain’ning esa 100 foiz ulushini xususiylashtirish nazarda tutilgan.

Hozircha xaridor kim bo‘lishi, ulush qanday narxda sotilishi va tenderning aniq shartlari e’lon qilinmagan.

2026-yil aprel oyida ham Prezidentga UzAuto Motors va uning tarkibidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash ishlari haqida axborot berilgan edi.

❗️ Muhim: xususiylashtirish avtomobillar narxi, model qatori yoki bozordagi raqobatga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum.

Huquqiy asoslar

Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi PQ–145-son qarori bilan UzAuto Motors’ning 99,7 foiz davlat ulushini xalqaro bozorlarda xususiylashtirish belgilangan.

Chat