Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Toshkent maktablarida o‘quvchilar davomati Face ID orqali nazorat qilinadi

  • 18.09.2026
  • 86 marta o'qildi

Poytaxt maktablarida o‘quvchilarning darsga qatnashishini avtomatik nazorat qiluvchi “SI Davomat” tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozircha tizim Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda ishlamoqda va ularda 446 ta smart-kamera o‘rnatilgan.


Toshkent shahrida maktab o‘quvchilarining darslarga qatnashishini raqamli nazorat qilishga mo‘ljallangan “SI Davomat” tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Tizim smart-kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchining darsda ishtirokini avtomatik ravishda qayd etadi.

Hozirda yangi tizim Sergeli tumanidagi 26 ta umumta’lim maktabida tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu maktablarga jami 446 ta smart-kamera o‘rnatilgan.

Agar o‘quvchi uzrli sababsiz dars qoldirsa, uning ota-onasiga avtomatik ravishda SMS-xabarnoma yuboriladi.

Davomatga oid ma’lumotlar shuningdek maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi va mahalla vakillariga avtomatik tarzda yetkaziladi.

“SI Davomat” tizimi ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu kasallik sababli darsga kelmagan o‘quvchilarni sababsiz dars qoldirganlardan farqlash imkonini beradi.

Maktablar davomat ko‘rsatkichlariga qarab “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

Sergeli tumanidagi sinov natijalari asosida tizimni Toshkentning boshqa umumta’lim maktablariga ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

❗️ Muhim: hozircha “SI Davomat” poytaxtning barcha maktablarida joriy etilmagan — tizim Sergeli tumanida sinov bosqichida.

Chat