Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Suv omborlari atrofida turizm uchun yerlar onlayn auksion orqali ajratiladi

  • 09.11.2026
  • 35 marta o'qildi

2026-yil 6-noyabrda suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etish tartibi kuchga kirdi. Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yerlarda turizm va dam olish obyektlarini joylashtirish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash talablarini belgilaydi.


Yer uchastkalarini ajratish

Turizm loyihalari uchun yer uchastkalari tasdiqlangan master rejalar asosida tanlanadi va «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali auksionga chiqariladi.

Obyekt uchun joy tanlashda suvni muhofaza qilish va sanitariya muhofazasi zonalari, shuningdek, sel va ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan hududlar hisobga olinadi.

Tadbirkorlar uchun majburiy talablar

  • Qutqaruv xizmatini tashkil etish yoki professional qutqaruv tuzilmasi bilan shartnoma tuzib, navbatchilikni yo‘lga qo‘yish.

  • Kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilish.

  • Obyektda hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan shartnoma tuzish.

Sayyohlar uchun raqamli xizmatlar

Turizm xizmatlarini tashkil etishda raqamli xaritalar, onlayn bron qilish tizimlari va QR-kod orqali navigatsiya joriy etiladi.

Huquqiy asos — Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-noyabrdagi 609-son qarori va Prezidentning 2026-yil 27-oktabrdagi PQ–387-son qarori.

Chat