Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar ro‘yxati tasdiqlandi

  • 20.09.2022
  • 1445 marta o'qildi

Hukumat qarori (510-son, 19.09.2022 y.) bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) ro‘yxati tasdiqlandi

Eslatib o‘tamiz, olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:

  • olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so‘mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
  • olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Chat