Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi

  • 20.09.2022
  • 1217 marta o'qildi

Qonun (O‘RQ–791-son, 19.09.2022 y.) bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish kiritildi

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

Ushbu tartiblar 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.

Chat