Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Qishloqlardagi chet tillarini o‘rgatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

  • 22.09.2022
  • 1191 marta o'qildi

Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022 y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

Reglamentga ko‘ra, subsidiya nodavlat taʼlim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

  • bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
  • zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.

Nodavlat taʼlim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10 sanasigacha YAIDXPda elektron ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.

Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

  • 2 yilga mo‘ljallangan biznes reja;
  • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari;
  • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
  • pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
  • taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun).

Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko‘rsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.

Mazkur tartib 2022 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.

Chat